Oʻtkir Hoshimovning hayoti va ijodi
Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda. 🔰 Joriy yilning 11-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Maktab va maktabgacha taʼlim bo'limiga qarashli 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurilib, "Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitobxon klubi a'zolari ishtirokida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning "Nur borki - soya bor" nomli kitobi taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimotda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning hayoti va ijodi hamda "Nur borki - soya bor " kitobi haqida maʼlumot berib oʻtildilar.