O‘zbek tili — barchamizni birlashtiradi
🇺🇿 “O‘zbek tili — barchamizni birlashtiradi” mavzusida chellenj
Joriy yilning 19-oktabr kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda kitobxonlar ishtirokida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili — barchamizni birlashtiradi” mavzusida chellenj tashkil etildi.
Chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirish, o‘zbek tilining milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizdagi o‘rnini keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.