“O‘zbek tili — barchamizni birlashtiradi” shiori ostida ko'rgazma oldida kitobxonlar bilan suhbat tashkil etildi.
O‘zbek tili — barchamizni birlashtiradi” Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazida “O‘zbek tili — barchamizni birlashtiradi” shiori ostida ko'rgazma oldida kitobxonlar bilan suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy qadriyatlarimizni asrash, xalqimizning ma’naviy merosini avloddan avlodga yetkazish hamda jamiyatda birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Suhbat jarayonida ona tilimizni e’zozlash, uning sofligini saqlash, nutq madaniyatiga rioya qilish va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.