O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN KENG NISHONLANDI
O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN KENG NISHONLANDI Bugun, 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Yangiobod tumani Madaniyat markazida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A.Nishonov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. O‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni ifoda etuvchi bebaho qadriyat ekanini ta’kidladi. Bayram davomida milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.