Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
2024-yil 7-dekabr kuni Yangiobod tumani 19-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Yangiobod tuman hokimi oʻrinbosari A.Nishonov soʻzga chiqib tadbir ishtirokchilarini Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan tabriklab, konstitutsiya bizning eng asosiy bosh qomusimiz ekanligini taʼkidlab oʻtdi va shu bilan birga Axborot-kutubxona markazi xodimi yosh kitobxonlarga ham konstitutsiya haqida qisqacha maʼlumotlar berilib oʻtdi. Tadbir davomida Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan turli kuy-qoʻshiqlar tadbirga yigʻilganlarga koʻtarinki ruh baxsh etdi. Tadbir qiziqarli va koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Tadbirda 250 nafardan ortiq tashkilot xodimlari va kitobxon yoshlar ishtrok etishdi.