Oʻzbekiston yoshlar nigohida
Joriy yilning 27-avgust kuni Yoshlar kuni doirasida Mustaqillikning 35 yilligi -Yangi Oʻzbekiston yoshlar nigohida ruknida Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning mustaqillik tarixi, milliy qadriyatlari va yurtimiz taraqqiyotiga oid asarlarni keng targ‘ib qilish maqsadida taqdimot va asarlar muhokamasi tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb qilish, badiiy, tarixiy va ma’rifiy adabiyotlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Taqdimotda mustaqillik yillarida O‘zbekistonning bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, xalqimizning tarixiy xotirasi va milliy o‘zligini anglashga xizmat qiluvchi adabiyotlar haqida ma’lumot berildi.