“Ochiq eshiklar kuni”
Joriy yilning 19-may kuni Jizzax viloyati Yangiobod tuman Texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib otdi. Tadbirga tumanimiz oʻquvchi yoshlari va oʻqituvchilari tashrif buyurishdi va bu yerda tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdilar. Ushbu tadbirda Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi va oʻquvchilarni axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar, badiiy adabiyot hamda oʻquv qoʻllanmalar bilan tanishtirdilar. Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar Texnikumining zamonaviy kompyuter texnologiyalari va tikuvchilik xonalari, sport majmuasi bilan ham tanishtirib oʻtildi. Tadbir soʻngida Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar tadbirga yigʻilganlarga koʻtarinki va bayramona ruh baxsh etdi. Tadbirda 100 nafardan ortiq oʻqituvchi va o`quvchi yoshlar ishtirok etdilar.