#Ochiq muloqot va vatanparvarlik uchrashuvi
#Ochiq muloqot va vatanparvarlik uchrashuvi
Joriy yilning 27-avgust kuni "Yoshlar kuni" doirasida "Mustaqillikning 35 yilligi -Yangi Oʻzbekiston yoshlar nigohida" ruknida Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi rahbari tomonidan yoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlari hamda yoshlarga oid davlat siyosatining amaliy natijalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot va vatanparvarlik uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, yurt taqdiriga daxldorlik, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari haqida yoshlarning bilimlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot davomida O‘zbekistonning mustaqillik yillarida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarda erishgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.