"Ochiq osmon ostida kutubxona"
Joriy yilning 14-fevral Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi oʻrtasidagi kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida Yangiobod tuman politexnikumida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko'rgazmaga yangi kelgan badiiy adabiyotlardan eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi. Koʻrgazmaga kitobxon yoshlar bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari tashkil qilinayotgani yoshlarni kitobga boʼlgan qiziqishini tom maʼnoda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz. Tadbirda 15 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.