"Ochiq osmon ostida kutubxona"
Joriy yilning 29 noyabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi oʻrtasidagi kitobxonlikni keng targʻib etish maqsadida Kasb- hunar maktabida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko'rgazmaga badiiy adabiyotlardan eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi. Koʻrgazmaga kitobxon yoshlar bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi.
Tadbirda 15 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.