"Ochiq osmon ostida kutubxona"
Joriy yilning 24-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda Yangiobod tuman Politexnikumi bilan hamkorlikda "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko'rgazmaga yangi kelgan adabiyotlardan eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi. Koʻrgazmaga kitobxonlar bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari tashkil qilinayotgani insonlarni kitobga boʼlgan qiziqishini tom maʼnoda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz.