“OCHIQ OSMON OSTIDA KUTUBXONA
📚 “OCHIQ OSMON OSTIDA KUTUBXONA” 📚
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar va o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va ma’naviy merosimizni keng targ‘ib qilish maqsadida “Ochiq osmon ostida kutubxona” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Kitobxon klubi” a’zolari faol ishtirok etib, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan milliy ruhdagi, xalqimizning boy tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiyotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, ayniqsa, milliy ruhdagi asarlarni mutolaa qilish yosh avlodning o‘zligini anglash, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Kitobxon klubi a’zolari o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlari haqida suhbatlashib, yosh kitobxonlarga mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni tavsiya etdilar. Ochiq osmon ostida tashkil etilgan ushbu kitobxonlik muhiti ishtirokchilarga o‘zgacha taassurot bag‘ishladi.
“Ochiq osmon ostida kutubxona” tadbiri orqali kitobxonlikni targ‘ib qilish bilan bir qatorda, yosh avlod qalbida milliy o‘zlik, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat va kitobga mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilindi.
Zero, milliy ruh bilan sug‘orilgan har bir kitob — ajdodlar xotirasi, bugunning sabog‘i va kelajak avlod uchun bebaho ma’naviy merosdir. 📖🇺🇿
Kitob o‘qigan avlod — ma’rifatli avlod,
Milliy qadriyatini anglagan avlod — buyuk kelajak bunyodkoridir! 🌿