"Ochiq osmon ostida kutubxona"
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazida 2024-yil 25-oktabr kuni "INFOLIB OʻZBEKISTON-2024" XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar yangi marralar!" Yoshlar kutubxonachilar IV forumi doirasida ishlab chiqarilgan chora tadbirlar rejasi asosida Axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar bilan birgalikda "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko'rgazmaga qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi. Koʻrgazmaga kitobxonlar bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari tashkil qilinayotgani aholi va yoshlarni kitobga boʼlgan qiziqishini tom maʼnoda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz.