"Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi.
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bolalar va oʻsmirlar maktabi oʻquvchilari bilan birgalikda "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko'rgazmaga badiiy adabiyotlardan eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi. Koʻrgazmaga maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi. Bundan tashqari oʻzlari sevib yod olgan sheʼrlardan namunalar oʻqib eshittirdilar. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari tashkil qilinayotgani aholi va yoshlarni kitobga boʼlgan qiziqishini tom manoda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz. Tadbirda 20 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etishdi.