"Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbir
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi va kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda 21-oktyabr Til bayramiga atab "Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda soʻz olganlar yigʻilganlarga til millat ruhi, millatning madaniy va maʼrifiy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar. Tadbirda kitobxonlar tomonidan tayyorlangan badiiy sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi. Oʻtkazilgan bayram tadbirida axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 100 dan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.