"ONLAYN TANLOVLARNING ENG FAOL KITOBXONI"
Joriy yilning 29-may kuni umumta'lim maktablari o'quvchilari o‘rtasida "KITOBXONLIK FESTIVALI" doirasida Jizzax viloyati Bolalar kutubxonasi tomonidan "ONLAYN TANLOVLARNING ENG FAOL KITOBXONI" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi. Ushbu bosqichda onlayn tanlovlarda faol qatnashib, g'oliblikni qo’lga kiritgan 40 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi. Ushbu tanlovda Yangiobod tumani 1-maktab o‘quvchilari ham faol ishtirok etib faxriy o'rinlarni qo'lga kiritishdi. Tanlovda
1-o'rinniYangiobod tumani 1-maktab 11-sinf o'quvchisi Abdurasulova Sadoqat
2-o'rinni Zarbdod tumani 28-maktab 11-sinf o‘quvchisi Ismoilova Farida
3-o'rinni Yangiobod tumani 1-maktab 11-sinf o'quvchisi Hakimboyeva Nilufarlar qo'lga kiritishdi. Ko'rik-tanlov g'oliblariga "KITOBXONLIK FESTIVALI" tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alar topshiriladi.