"Qadriyatlari qadr topgan ona vatanim-Yangiobodim!"
Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi hamda Yangiobod tuman texnikum bilan hamkorlikda Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlab "Qadriyatlari qadr topgan ona vatanim-Yangiobodim!" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda texnikim oʻqituvchi va oʻquvchilar, ishchi xodimlari hamda axborot -kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash va targʻib etishga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirda Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar yig'ilganlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.