• yangiobod_akm@natlib.uz
  • +998977221711
  • Jizzax viloyati Yangiobod tumani
    Axborot-kutubxona
    markazi
    rasmiy veb sayti
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
Jizzax viloyati, Yangiobod tumani  Axborot kutubxona markazi

Jizzax viloyati Yangiobod tumani
Axborot-kutubxona
markazi
rasmiy veb sayti

  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • E'lonlar
  • Tadbirlar
  • Kutubxona haqida
    Rahbariyat Kutubxona tarixi Tuzilma O‘quv zallar Matbuot xizmati AKM jamg'armasi
  • Kutubxona bo’limlari
    Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati Axborot-bibliografiya xizmati Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    Davriy nashr O`lkashunoslik bo`limi Mahalliy gazeta AKM ish rejalari va hisobotolari Uslubiy va bibliografik qo'llanmalar ish tartibi Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar Fuqarolar murojaati Asosiy va qo'shimcha xizmatlar Bo'sh ish o'rinlari

Qatag‘on qurbonlari


“Qatag‘on qurbonlari — xalqimiz xotirasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Bugun Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan maktab o‘quvchilarining tarixiy xotirasini mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Qatag‘on qurbonlari — xalqimiz xotirasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga yurtimiz tarixining murakkab davrlari, qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va jazolarga uchragan yurtdoshlarimiz, ularning hayoti, faoliyati hamda xalqimiz ma’naviyati va ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissalari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga qatag‘on qurbonlari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tarixiy, ilmiy va badiiy adabiyotlar tavsiya qilindi. Kitoblarning mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berilib, o‘quvchilarni ushbu mavzudagi asarlarni mutolaa qilishga qiziqtirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar bilan suhbat va savol-javoblar tashkil etildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda tariximizning unutilmas sahifalari haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida tarixiy xotira, Vatanga muhabbat, ajdodlarimizga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Jizzax viloyati, Yangiobod tumani  Axborot kutubxona markazi

Jizzax viloyati Yangiobod tumani
Axborot-kutubxona
markazi
rasmiy veb sayti

Jizzax viloyati Yangiobod tumani

s

+998977221711

Ish vaqti: 09:00 20:00

Tushlik: 13:00 14:00

Dam olish kuni: Yakshanba

© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan