“Sharof Rashidov — el-yurt ardog‘idagi adib va davlat arbobi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi
“Sharof Rashidov — el-yurt ardog‘idagi adib va davlat arbobi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi
Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda Kitobxon klubi a'zolari hamda kitobxonlar bilan birgalikda taniqli adib va yirik davlat arbobi Sharof Rashidov tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Sharof Rashidovning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti va mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Uning boy adabiy merosi, xalqimiz tarixida tutgan o‘rni hamda ibratli hayot yo‘li haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga adibning hayoti va ijodiga oid kitoblar tanishtirilib, uning asarlarini mutolaa qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilan qizg‘in fikr-mulohazalar almashildi.