Sheʼriyat kechasi
Joriy yilning 24-dekabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Jizzax viloyatida chegara va olis hududlarda joylashgan "qizil" va "sariq" toifadagi hamda kambagʻallik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalarda tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida Balandchaqir MFYda yoshlar oʻrtasida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" shiori ostida sheʼriyat kechasi tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar oʻzlari yod olgan sheʼrlaridan aytib berdilar. Tadbirda 25 nafardan ziyod kitobxon yoshlar ishtirok etdilar. Shulardan, 14 nafari ayollar, 11 nafar erkaklar.