“Shoirni eslab”
2024-yil 24-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot kutubxona markazi, Tuman maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 12-sonli umumtaʼlim maktabi bilan hamkorligida IV Respublika "Kitobsevar millat" shiori ostida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Maktab va maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 12-sonli umumta’lim maktabida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Shoirni eslab” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilariga Muhammad Yusuf hayoti va ijod yoʻli haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Kitobxonlar shoir ijodidan namunalar oʻqib berdilar. Tadbirda 25 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.