"Shoxrux va Gavharshod" nomli kitobi taqdimoti oʻtkazildi.
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazida 2024-yil 24-oktabr kuni "INFOLIB OʻZBEKISTON-2024" XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar yangi marralar!" Yoshlar kutubxonachilar IV forumi doirasida ishlab chiqarilgan chora tadbirlar rejasi asosida "Yubilyar 2024" loyihasi doirasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim Pirimqul Qodirov (1928-2010) tavalludining 96 yilligi munosabati bilan "Shoxrux va Gavharshod" nomli kitobi taqdimoti oʻtkazildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodi yozgan asarlari haqida maʼlumotlar berib oʻtdilar. Taqdimotda Pirimqul Qodirovning Shoxrux va Gavharshod asari haqida kitobxonlarga maʼlumotlar berib oʻtdilar. Tadbirda 36 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.