"Soʻz-inson ziynati" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
#INFOLIB_O'ZBEKISTON-2024
"Soʻz-inson ziynati"
“INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar IV forumi doirasida 19-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Yangiobod tuman hokimligi, Axborot -kutubxona markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamda Madaniyat boʻlimi bilan hamkorlikda 21-oktyabr Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Soʻz-inson ziynati" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari A.Nishonov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari S.Abdurahmonova, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir B.Toshboyev soʻzga chiqib tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram munosabati bilan tabrikladilar. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirda 200 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.