Sovot mahallasida "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram sayli boʻlib oʻtdi.
Sovot mahallasida "Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt" shiori ostida bayram sayli boʻlib oʻtdi. Yangiobod tumanining Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo'lgan Sovot mahallasida millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda turli qo‘shni millat vakillari ishtirok etishib, o‘zbek va qo‘shni xalqlarning o‘ziga xos milliy anʼana va qadriyatlarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar koʻrgazmasi ham namoyish etildi.