Sudxo‘rning qabul kunlari" romani taqdimoti bo'lib o'tdi
Joriy yilning 1-may kuni Yangiobod tumani Madaniyat markazida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Aliqul Xonimqulovning "Sudxo‘rning qabul kunlari" romani taqdimoti bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda adabiyot muhabbatiga ega bo'lgan shaxslar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.Tadbirda 100 dan ortiq adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi