Tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 28-oktabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazida xodimlari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-oktabrdagi 8-sonli hamda Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot -kutubxona markazining 2025-yil 23-oktabr kuni oʻtkazilgan yigʻilish bayoni ijrosi yuzasidan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Oʻtkazilgan yigʻishda barcha xizmat rahbarlari tomonidan oʻrganilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha suhbat oʻtkazildi. Yigʻilish yakunida oʻrganilgan kamchiliklar yil yakuniga qadar bartaraf etilishi kerakligi taʼkidlab oʻtildi.