Taqdimot
Joriy yilning 10-oktabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida Yangiobod tuman FVV xodimlari ishtirokida Yu Huaning "Yashamoq" kitobi taqdimoti o'tkazildi. Taqdimot davomida asar oddiy xitoylik dehqonning hayoti haqida hikoya qilinganligi, uning taqdiri orqali o'tgan asrning ikkinchi yarmidagi Xitoyning butun tarixi aks etganligi haqida gapirib o'tildi. Bu kitob insonning ichki kuchini kashf etish, hayotdagi qiyinchiliklarni yengish va haqiqiy qadr-qimmatni anglashga, hayot mazmunini izlayotgan va turmushdagi sinovlardan saboq olishga undaydi deb fikrlarini bildirib o'tdilar. Tadbirda 15 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.