Taqdimot
Joriy yilning 25-sentabr kuni Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan 9225-sonli chegara qo‘shinlari harbiy qismi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tumani bo‘linmasi bilan hamkorlikda kitob taqdimoti tadbiri tashkil etildi. Taqdimotda ikki muhim kitobga alohida e’tibor qaratildi: 📘 Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” kitobi — dunyo mamlakatlari, ularning tarixi, madaniyati, o‘ziga xos jihatlari va turli xalqlar hayoti haqida tasavvurni kengaytirishga xizmat qiluvchi qiziqarli manba sifatida tanishtirildi. 📗 Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, jamiyat va davlat hayotidagi yangilanishlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi strategik maqsadlar haqida so‘z yuritilishi ta’kidlandi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ishtirokchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati, kitob mutolaasining inson hayotidagi ahamiyati haqida ham fikrlar bildirildi.