"Teatr-bu ibratxonadir"
Joriy yilning 27-fevral kuni Yangiobod tumani 19-sonli musiqa maktabida axborot-kutubxona markazi hamda Yangiobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maktablari bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilari oʻrtasida Turon maktab teatri tanlovi tuman bosqichi oʻtkazildi. Maktab oʻquvchilari oʻzlarining tayyorlagan badiiy chiqishlari bilan yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdilar. Axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Teatr-bu ibratxonadir" nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazma oldida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati va ekskursiyalar tashkil etildi. Tadbirda 120 dan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.