"Til-aql bezagi
Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi va kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda 21-oktyabr Til bayramiga bagʻishlab "Til-aql bezagi" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda soʻz olganlar yigʻilganlarga til millat ruhi, millatning madaniy va maʼrifiy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar. Tadbirda 100 dan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.