"Turkistonda jadidchilik" nomli kitobi taqdimoti oʻtkazildi.
14- noyabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari va Yangiobod tuman Politexnikumi bilan hamkorlikda "Infolib Oʻzbekiston-2025" XIV Milliy axborot -kutubxona haftaligi va "Yangi Oʻzbekiston kutubxonachilari-Sun'iy intellekt orqali yuksak marralar sari!" Yosh kutubxonachilar V forumi dasturi asosida kitobxonlar ishtirokida Infolib haftaligining yopilish marosimi hamda kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlardan "Turkistonda jadidchilik" nomli kitobi taqdimoti oʻtkazildi. Taqdimot davomida axborot-kubxona markazi xodimlari kitobxonlarga bu kitobda XX asr boshlarida shakllana boshlagan jadidchilik harakati, chor hukumatining ushbu harakat rivojiga qo‘ygan to‘siqlari, inkor etish va ruslashtirish siyosatining jadidchilik va uning vakillariga ko‘rsatgan ta’siri hamda jadidchilikning yetuk namoyandalari faoliyati bilan bog‘liq faktik materiallar tahlil qilinganligi toʻgʻrisida aytib oʻtdilar. Taqdimotda 16 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.