"Uch avlod uchrashuvi"
2026-yil 17-mart kuni Yangiobod tuman Madaniyat markazida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda oʼzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʼamxoʼrlik, mehr-oqibat koʼrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʼyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani aytib oʻtildi. Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma oldida kitobxonlar bilan suhbat olib borildi.Tadbirda 250 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.