Umida Teshaboyeva ishtirokida seminar tashkil qilindi.
Bugungi kunda kutubxonalar faoliyatida katta ijtimoiy oʻzgarishlar yuz bermoqda. Oʻquvchilarning maʼnaviy qiyofasini oʻzgartirish, ijtimoiy salohiyatini oshirish, jamoatchilik orasida kutubxonalar mavqeini koʻtarish boʻyicha talay ishlar amalga oshirilmoqda. Kutubxona sohasini rivojlantirishga oid qator hujjatlar qabul qilinmoqda. Shu munosabat bilan 2025 yil 1 fevral kuni Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva ishtirokida seminar tashkil qilindi. Mazkur seminarda muhtaram prezidentimiz topshiriqlariga binoan har bir umumtaʼlim maktab kutubxonalarini Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining baʼzasiga ulash masalasi koʻrildi.