Umumxalq xashari
Yasharish yangilanish fasli bahor, qadimiy va goʼzal ayyom "Navroʼzi olam" arafasida mahalla obod qilish, yon atrofni ozoda saqlash oʼzgacha bir anʼanaga aylanib qolgan. Shu munosabat bilan 2025- yil 13-mart kuni Yangiobod tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan hududda tozalash, xonalarni tartibga keltirib, daraxtlar oqlash, ariqlarni tozalash va chiqindilarni olib chiqish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.