#Xon_atlas_haftaligi
Agar qaysi oilada kitobxonlik, kitobga mehr kuchli bõlsa shu xonadon farzandlari ham kitobga oshno bõlib shakllanadi. Bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng mehnatkash, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qilishga urinadigan, har bir aytayotgan so’zi, qilayotgan ishini o’ylab bajaradigan, bir so’z bilan aytganda, o’zida barkamol shaxs xislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan ziyoli farzand bo’lib voyaga yetadi.
Joriy yilning 17-sentabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati xodimlari tomonidan Yangiobod tuman 7-sonli DMTT bolalar bog'chasi xodimlari bilan birgalikda har oyning 17 -sanasida o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda 8 nafar kitobxon onalar ishtirok etishdi.