# Xon_atlas_oʻn_kunligi
# Xon_atlas_oʻn_kunligi
Joriy yilning 18- sentabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Asriy merosim atlasim-adrasim" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida xodimlar tomonidanAtlas (arab.-tekis, silliq) – tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida boʻyab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga koʻra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hozirgi kunda Atlas issiq satxli baraban – kalandrdan oʻtkaziladi degan bir qancha maʼlumot berib oʻtishdi. Davra suhbatida 30 nafar kitobxonlar ishtirok etdi.