“Xotira uygʻoq-inson barhayot”
Xalqimiz qadim-qadimdan oʻz ajdodlarini munosib xotirlab kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 12-maydagi farmoyishiga binoan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanadigan boʻldi. Ushbu sana munosabati bilan joriy yilning 7-may kuni axborot-kutubxona markazi xodimlari va oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Xotira uygʻoq-inson barhayot” shiori ostida tumandagi xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyishdi. Qatagʻon yillarida el-yurt ozodligi yoʻlida qurbon boʼlgan ota-bobolarimiz ismlari bitilgan binoga kirib xotirlab, ularning koʻrsatgan buyuk jasorati tufayli yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi. Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari va 30 nafardan ziyod oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.