Yangi kelgan adabiyotlardan kitoblar koʻrgazmasi
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kitobxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan namunaviy koʻchma kutubxona asosida yangi kelgan adabiyotlardan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga yangi kelgan badiiy adabiyotlar haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtdilar. Bundan tashqari kitobxonlar bilan oʻqigan asarlari yuzasidan qisqacha savol-javoblar oʻtkazildi va oʻzlari uchun sevimli boʻlgan kitoblarni mutolaa qilish uchun oldilar. Tadbirda 20 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.