"Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari"
"Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari" mavzusida yangi adabiyotlar koʻrgazmasi.
📚 Joriy yilning 9-iyul kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 4-sonli maktabda tashrif buyurilib, "Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari" mavzusida yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etishdi. Koʻrgazmada mutasaddi tashkilot rahbarlari yoshlar bilan uchrashib, oʻzlarini qiziqtirgan asarlar, kitoblar hamda asar qahramonlar haqida ochiq muloqot oʻtkazishdi. Tadbir davomida yoshlarni koʻproq kitob oʻqishga chaqirib, kitob oʻqishning foydali tomonlari haqida maʼlumot berib oʻtishdi. Tadbirda 60 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etishdi.