"Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari"
Joriy yilning 30-iyul Yangiobod tuman Axborot kutubxona markazi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Madaniyat markazi bilan hamkorlikda maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 3-sonli maktabda mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari" mavzusida madaniy -maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda yoshlarni bilim va salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda innovatsion gʻoyalarni hayotga tadbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mustaqillik tushunchasini yoshlar qalbiga joylash, Vatanga boʻlgan mehri -muhabbatini oshirish yuzasidan fikr yuritdilar. Tadbirda120 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etishdi.