Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Joriy yilning 21-oktabr kuni Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazida xodimlar ishtirokida kiberxavfsizlik va mualliflik huquqiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy hamda huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Adliya bo‘limining jinoyatchilikning oldini olish yo‘nalishi xodimi Murodov Sunnatilla ishtirok etib, bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan kiberxavfsizlik masalalari, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berdi. Shuningdek, tadbir davomida mualliflik huquqiga rioya qilish, intellektual mulkni himoya qilish, kitoblar, maqolalar, rasmlar va boshqa ijodiy mahsulotlardan foydalanishda muallifning qonuniy huquqlarini hurmat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.