Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 26-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiobod tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutoalaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Yangiobod ShFY aholisi vakillari bilan birgalikda "Kitobxon onalar kuni" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda axborot - kutubxona markazi xodimlari soʻzga chiqib yigʻilganlarga har oyning 17- sanasida belgilangan "Kitobxon onalar kuni" tadbiri mahallalarda oʻtkazilayotganligi, oilalarda doimo farzandlar bilan kitob oʻqishimizni takidlab oʻtdilar. Tadbirda 14 nafardan ziyod kitobxon onalar ishtirok etdilar.