Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
🔰 Joriy yilning 26-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 12-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurilib, maktab oʻquvchilari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida oʻquvchilarga koʻproq kitob mutolaa qilishlari takidlab oʻtildi va badiiy asarlar mazmuni soʻzlab berildi.