Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
2025-yil 10-iyul kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 19-sonli umumtaʼlim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda oʼzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʼamxoʼrlik, mehr-oqibat koʼrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʼyobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani aytib oʻtildi.