Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 11-iyul kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod boʻlinmasi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan birgalikda maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 1-sonli umumtaʼlim maktabida "Ochiq osmon ostida kutubxona" shiori ostida kitoblar koʼrgazmasi tashkil qilindi. Mazkur ko'rgazmaga yangi kelgan adabiyotlardan eng qiziqarli badiiy, ilmiy va turli yo'nalishdagi adabiyotlar qoʼyildi. Koʻrgazmaga kitobxonlar bevosita ishtirok etib, oʼzlari uchun qiziqarli kitoblar bilan tanishib chiqishdi va fikrlar almashishdi. Aytish joizki, bunday kitobxonlik targʼibot tadbirlari tashkil qilinayotgani insonlarni kitobga boʼlgan qiziqishini tom maʼnoda oshirmoqda desak adashmagan bo`lamiz.