Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Yangiobod tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi davom etmoqda.
2025-yil 14-iyul kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 1-sonli umumtaʼlim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Beknazar Toshboyev oʻquvchilarga oʻzlarining yozgan sheʼrlaridan oʻqib eshittirdilar va she'r yozishga qiziqqan oʻquvchilar bilan suhbat olib borildi.