Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 12-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Binafsha" nomli oromgohga tashrif buyurilib, oromgoh oʻquvchilari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida oʻquvchilarga koʻproq kitob mutolaa qilishlari takidlab oʻtildi va badiiy asarlar mazmuni soʻzlab berildi.