Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 22-iyul kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markaziga tashrif buyurgan Yangiobod tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari bilan birgalikda ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida Yangiobod tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlariga axborot -kutubxona markazi fondi va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi va kitobxonlar oʻzlari yoqtirgan adabiyotlarini mutolaa qilish uchun oldilar.