Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 25-iyul kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida oʻquvchi yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 2-umumtaʼlim maktabida O'zbek milliy madaniyatining mashhur vakili, jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri, ma'rifatparvar shoir, dramaturg Abdulla Avloniy tavalludining 147-yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi yozgan asarlari haqida kitobxonlarga maʼlumotlar berib oʻtildi.