Yangiobod tumanida "DOLZARB 90 KUN" loyihasi davom etmoqda.
Joriy yilning 28-iyul kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Balandchaqir MFY aholisi vakillari bilan birgalikda "Kitobxon onalar kuni" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda axborot - kutubxona markazi xodimlari soʻzga chiqib yigʻilganlarga har oyning 17- sanasida belgilangan "Kitobxon onalar kuni" tadbiri mahallalarda oʻtkazilayotganligi, oilalarda doimo farzandlar bilan kitob oʻqish lozim ekanligini takidlab oʻtdilar va yigʻilganlarga Yuy Xuaning Yashamoq kitobi haqida gapirib berdilar.